Joriy yilning 26-aprel kuni "Fizika va kimyo kafedrasi" professor o'qituvchilar va talabalar birgalikda Abdulla Oripovni xotirlash maqsadida Adiblar hiyoboniga tashrif buyurishdi. Abdulla Oripov o'zbek adabiyotining yangi bosqichini ko'targan noyob istedod sohibi edi. Uning yuksak badiy teran falsafiy she'rlari xalqimizning ko'nglidan joy olgan. Bugun Fizika va kimyo kafedrasi o'qituvchilari boshchiligida atoqli ijodkorning haykali poyiga gullar qo'yishdi. Ayniqsa talaba yoshlar tomonidan she'rlar aytishdi.Yozuvchilar uyushmasi a'zolaridan Dilorom Abduraxmonova va Nargiza Asadova ham tashrif buyurishdi.
Ular vatan qiyofasini badiy aks ettiruvchi uning dardlari, quvonchlari, orzu umidlari, o'tmishi, kelajagini namoyon etuvchi she'rlaridan aytib berishdi. Ayni paytda ijodkor shoirimiz vatanni ulug'lsh bilan cheklanib qolmagan. Shu sababli uning asarlarida vatan bilan hamohang tarzda dovyurak va tanti , munis va mushfiq insofi, diyonati, inson boshiga tushishi mumkin b'lgan barcha qiyinchiliklarni mardavon yengib o'lgan, yorug' kunlarni kelishiga ishongan. Bularni esa talaba yoshlar qalban his qilishdi.
GM fakulteti 1-bosqich talabasi Madina Rustamova axboroti.
"TIQXMMI"MTU matbuot xizmati.