Abadiyatga daxldorlik

2022 - yil 24 - may sanasida “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti Suv xo’jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti 108 guruhda tahsil olib kelayotgan talaba Fayzullayev Bekzod tashabbusi bilan O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov xotirasiga bag’ishlangan tadbir “sheriyat kechasi” o’tkazildi. Tadbirni fakultet dekani Rashid Xakimov so’zga chiqib kirish so’zi bilan ochib berdilar.

 O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov  hayoti va ijodini yanada chuqur o’rganishimiz, kerakli bo’lgan bilim va ko’nikmalarni olishimiz kerakligi haqida so’z yurutdi va shoir ijodidan talaba Fayzullayev Bekzod tomonidan aytilgan she’rlar va hikoyalar tadbirga o’zgacha ko’rk bag’ishladi. Talabalar bundan bahramand bo’lishdi va ma’naviy olamini boyitishdi.

Tadbir so’ngida fakultet xotin - qizlar bo’yicha dekan maslahatchisi R. Qodirova  va fakultet yoshlar masalalari va ma’naviy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari  J. Turdiyev so’zga chiqib tashabbus ko’rsatib chiqgan talaba Fayzullayev Bekzod to’grisida o’z fikrlarini bildirib minnatdorchilik bildirib o’tildi.  Bunday tadbirlarni talabalarimiz tomonidan tez-tez o’tkazib turish kerakligi va buning talabalarimiz ma’naviyatidagi tutgan o’rni kata bo’lishi haqida so’z yuritildi.

 

 

SXTE va B fakulteti  tyutori  Sh. Nortoshev  ma’lumoti

Universitet matbuot xizmati