Abadiyat adibini ardoqlab
2022- yil 27- may kuni TIQXMMI Milliy Tadqiqot universitetida, Abdulla Oripovning porloq xorirasiga bagʻshlangan “Abadiyat adibi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirni Universitet matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov olib bordi. Tadbir avvalida so‘z universitet rektori, professor Bahodir Suyunovich Mirzayevga berildi. U oʻz nutqi mobaynida Universitetimizda A.Oripovning porloq xotirasini yod etish, ijodini ommalashtirish borasida qilingan ishlarni qayd etdi.
Jumladan, taʼlim dargohimizda Abdulla Oripov ijodini keng targʻib qilish maqsadida “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, shoir hayoti va ijod yoʻliga bagʻishlangan koʻplab maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy va ijodiy tadbirlar oʻtkazib kelinayotgani, Abdulla Oripovning ramziy siymosi qoshida reja asosida fakultetlar, boʻlimlar tomonidan shoirni yod etish maqsadida el tanigan ijodkorlar, adibning zamondoshlari, institutimiz professor-oʻqituvchilari hamda adabiyot va sheʼriyatga ixlosmand yoshlar ishtirokida shu paytgacha 100 ga yaqin maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilgani aytib o'tdi.
Shuningdek, Abdulla Oripov ijodiga bagʻishlangan cayt va telegram kanalining ishga tushirilgani, “Abdulla Oripov izdoshlari” toʻgaragi, Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan tadbirlar, “Tafakkur tomchilari” ruknida shoir ijodiyoti, uning serqirra faoliyati, adabiy-estetik va ijtimoiy-falsafiy qarashlarini yoritish hamda tahlil etishga qaratilgan koʻrsatuvlar tayyorlab kelinayotgani, ayniqsa, shoir nomidagi bogʻning bunyod etilishi, Abdulla Oripov sheʼriyatidan taʼsirlangan talabalarimizning ijod namunalaridan tuzilgan “Ilhom buloqlari” toʻplamining 2 ta jildi chop etilgani, shoir tugʻilib oʻsgan Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻiga qilingan sayohat, Abdulla Oripov nomidagi muzey, stipendiya va koʻkrak nishonining taʼsis etilganini eʼtirof etdi.
Oʻzbekiston Yozuvilar uyushmasining aʼzosi, iqtidorli shoira Farogʻat Xudoyqulova shoir bilan bogʻliq xotirotlarini oʻrtoqlashdi. Keyin esa A. Oripovning turmush oʻrtogʻi his hayajon bilan shoirni yodga oldi. Shoira Oripova ushbu kitobning toʻplovchilaridan biri sifatida qilingan ishlar yuzasidan oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Tadbirda oʻz xotirotlari bilan oʻrtoqlashgan ziyolilar va Abdumirhakim Axmedovning jozibador qoʻshigʻi va talaba Behzod Fayzullayevning chiqishlari davraga fayz kiritdi.
Tadbir yakunida mehmonlar Abdulla Oripov muzeyidagi eksponatlarni tomosha qilib suratga tushishdi. Tadbir oʻta fayzli va maroqli tarzda kechdi.
"SXTEB" fakulteti 1-bosqich talabasi B. Fayzullaev axboroti
Universitet matbuot xizmati