Universitet Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkilotining tashrifi "Abdulla Oripov izdoshlari"ijodiy kecha

2022 - yil 30 - may sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Yoshlar ittifoqI Boshlangʻich tashkiloti tomonidan universitga biriktirilgan Oʻzbekiston qahramoni, madhiyamizdagi jilvador soʻzlar egasi, buyuk adibimiz Abdulla Oripov hotirasini abadiylashtirish hamda uning bizga qoldirib ketgan merosini yod etish targʻib qilish maqsadida Adiblar hiyobonida Abdulla Oripov haykali yonida ijodiy kecha uyushtirildi.

   

Tadbirda yoshlar kengashi aʼzolari, fakultet yetakchilari hamda iqtidorli va isteʼdodli talabalar bilan birgalikda ijodiy kecha juda chiroyli va mazmunli oʻtdi. Universitet Yoshlar yetakchisi Davronbek Rasulov so’zga chiqib kirish so’zi bilan ochib berdilar.Universitetimizdagi Abdulla Oripov nomidagi maxsus stipendiyasi sohibi QXM fakulteti talabasi, Marufbek Safarmatov oʻzbek xalqining buyuk shoiri Abdulla Oripov  hayoti va ijodini yanada chuqur o’rganishimiz, kerakli bo’lgan bilim va ko’nikmalarni olishimiz kerakligi haqida so’z yuritdi va shoirimizga bagʻishlangan sheʼrlarini oʻqib eshittirdi. 

Qolaversa GM fakulteti yetakchisi, Universitet radio eshittirish guruhi hamda "Suhondonlik" klubi  sardori Sarvar Azimov ,  QXM fakulteti yetakchisi Javlonbek Xoʻjamqulov, iqtidorli talabalardan Safina Suyunova, Bobur Baxtiyarov, Universitet "Zakovat" klubi sardori Dostonbek Xursandmurodov oʻzining adib haqida fikr-mulohazalarini bildirib va  shoir ijodidan namunalar oʻqib berishdi. Talabalar bundan bahramand bo’lishdi va ma’naviy olamini boyitishdi.

Universitet Yoshlar yetakchisi: D.Rasulov

Universitet  matbuot xizmati